Toni: "Allegri - sehrgar"

Sherzod Nurmatov
1 dek 2025
Italiyalik sobiq hujumchi Luka Toni Massimiliano Allegrining "Milan"dagi faoliyatiga yuqori baho berdi.

Murabbiy 10 yildan ortiq vaqtdan keyin klubga qaytdi va hozircha ishlar juda yaxshi ketmoqda - "Milan" "Lacio"ni mag'lub etganidan so'ng Italiya chempionati jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.

"Allegri menda ijobiy taassurot qoldirdi, u ajoyib. Men hech qachon Leauni markaziy hujumchi sifatida tasavvur qilmagan bo'lardim. Allegri - sehrgar", – dedi Luka Toni.

"Milan" Italiya A Seriyasi chempionatining keyingi turida "Torino"ga qarshi o'ynaydi. O'yin 8 dekabr kuni bo'lib o'tadi. "Milan" oxirgi marta Italiya chempionligini 2022 yilda qo'lga kiritgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pianetamilan.it