

Bu haqda "Al Ayn" matbuot xizmati ma'lum qildi. Hozircha kelishuv sharti va muddati haqida xabar berilmadi.
Sergey Rebrov "Ferencvarosh"ni 4 iyun kuni tark etgan edi. Ma'lumot o'rnida aytish joizki, u Vengriya chempionatining 2020/21 yilgi mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.
Rebrovning manfaatlarini himoya etuvchi agent Shandor Varga, ukrainalik mutaxassisga "Tottenxem"dan qiziqish bo'layotganini va ularda kamida 8 ta taklik borligini ma'lum qilgandi.


