"Surxon" Rossiya jamoasi ustidan irodali g'alabaga erishdi

Sherzod Nurmatov
29 yanv 2026, 16:04
"Surxon" Turkiya yig'ini doirasida Rossiya Milliy futbol ligasining "Enisey" jamoasi bilan to'qnash keldi.

Stanislav Kudryashov shogirdlari dastlab 2 ta gol o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, ikkinchi taymda kambek namoyish etdi - 3:2.

"Surxon" – "Enisey" 3:2

Gollar: Musaxonov 58', Qodirov 62', Ashurboev 86' – Ogenko penalti 23', Mazurin 32'

"Surxon": Boymurodov (Potapov, 63), Nematxonov, Shamsiev, Tursunov, Dzebniauri (Ashurboev, 46), Abdullajonov, Jo'raev, Yusupov, Shukurullaev (Shaydulov, 46), Jumatov, Fraydey.

Zaxira: Musaxonov, Sherbo'taev, Karimov, Abduhamidov, Qodirov.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia