

Bu haqda termizliklar matbuot xizmati ma'lumot taqdim etdi.
"Surxon" tarkibidagi yuqori raqobat sabab murabbiylar shtabi Hamidjonovga o'yin amaliyotini ko'proq olish imkoniyatini berish haqida qaror qabul qildi. Shu munosabat bilan Sunnatulloh Hamidjonovni “Xorazm” klubiga pulli ijara asosida berish bo'yicha kelishuvga erishildi", – deyiladi xabarda.
2025 yil mavsumining birinchi yarmida Hamidjonov "Surxon" safida 14 rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Ikkinchi davra boshida esa u "Andijon" klubiga ijaraga berildi va u yerda OCHL 2 uchrashuvlarida ishtirok etdi.



