Superliga. Tur darvozaboni - Islomjon Abdullaev

Tolibjon Qosimov
3 iyul 2020
Coca Cola Superligada 7-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib boramiz.

Superliga. Ettinchi tur ramziy terma jamoasi


Ortda qolgan 7-turning eng yaxshi darvozaboni deb "Andijon" a'zosi Islomjon Abdullaevni topdik. "Burgutlar" o'z maydonida "Bunyodkor"ga qarshi bahs olib borishdi. Bellashuv davomida kiper uchta seyvni amalga oshirdi. Qizig'i, Abdullaev o'tgan turdan boshlab asosiy tarkibda tushishni boshlagandi.

Shu tariqa, bu turda chiroyli seyvlari bilan o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan Islomjon Abdullaev 7-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia