Sterling "Chelsi"ga o'tishi haqida: "London - mening uyim"

Aziz Tukhtamuradov
14 iyul 2022, 09:10
"Chelsi"ning yangi futbolchisi Raxim Sterling transferi haqida gapirdi.

"Birinchi navbatda shuni aytishni istardimki, bu yerda ekanligim yoqimli. Faoliyatim davomida ko'p narsaga erishdim, ammo oldinda ko'plab muvaffaqiyatlar kutib turibdi. Tomas Tuxel boshchiligidagi "Chelsi" libosida muvaffaqiyatlarga erishishni sabrsizlik bilan kutyapman. 

London - mening uyim. Men uchun barchasi o'sha yerda boshlangan. Endi menda har ikki haftada do'stlarim va oila a'zolarim qarshisida o'ynash imkoni bor. Muxlislar bilan uchrashuvni judayam kutyapman. 

Mening transferimda ishtirok etgan Todd, Bexdad, klub egalari, Tomas Tuxel va boshqalarga fursatdan foydalanib, rahmat aytmoqchiman. 

Ish boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman. Gaplarimni ish bilan isbotlamoqchiman", - dedi Sterling. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: chelseafc.com