Stam "Suonsi"ning yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
28 dek 2016, 11:41
"Manchester Yunayted", "Lacio", "Milan" kabi klublar sobiq futbolchisi, hozirda "Reding"ni boshqarayotgan Yap Stam "Suonsi Siti"ni boshqarishi mumkin.

"Suonsi" rahbariyati 11 o'yin davomida 7 ta mag'lubiyat, 2 ta durang va 2 ta g'alabaga erishgan Bob Bredlini iste'foga chiqardi. "Suonsi" APL turnir jadvalida 19-o'rinni egallab turibdi.

Stam 2016 yilning yozidan "Reding"da ishlayapti va ayni damda jamoa Chempioship turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: De Telegraaf