Son Xyon Minning otasi jazolandi

Aslanov Jasurbek
31 avg 2024
Son Xyon Minning otasi bolalar bilan juda qo'pol munosabatda bo'lgani uchun jazolashdi.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" futbolchisining otasi Son Un Jun va akademiyada ishlovchi ikki murabbiy bolakayni haqorat qilib, mashg'ulot va o'yinlardagi xatosi uchun tan jarohati etkazganlikda ayblanayotgan edi. Ma'lum bo'lishicha, ularning biri bolakayni burchak bayroqchasi bilan urgan. Boshqa bolakaylarga ham shunday jazolar qo'llanilgan.

Chxunchxon viloyati pokuraturasi murabbiylarga jarima to'lash va bolalarga nisbatan zo'ravonlikning oldini olishga qaratilgn o'quv dasturidan o'tishni buyurdi.

Agar sud yoki ayblanuvchilar ochiq sud muhokamasini talab qilishmasa, prokurorning qarori yakuniy hisoblanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Yonhap