"Sietl Saunders" - MLS kubogi sohibi

Narzulla Saydullayev
11 dek 2016
Shimoliy Amerikaning nufuzli ligasi finalida AQSHning "Sietl Saunders" klubi Kanadaning "Toronto" klubiga qarshi o'ynadi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida "Sietl Saunders" omadliroq chiqdi - 5:4. Ushbu klub 2009 yildan buyon MLS ligasida ishtirok etib kelmoqda.

MLS kubogi bilan birga "Sietl Saunders" KONKAKAF Chempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

"Sietl Saunders" MLS kubogini qo'lga kiritgan 11-klubga aylandi.


Toronto - Sietl Saunders 0:0 (penaltilar seriyasi - 4:5)

Toronto:
Irvin - Zavaleta, Mur, Xagglund - Beytashur, Kuper (Sheyru, 85), Bredli, Osorio (U. Djonson, 77), Morrou - Altidor, Djovinko (Riketts, 103)

Sietl: Fray - Mirs, R. Torres, Marshall, Djo. Djons - O. Alonso, Roldan - Lodeyro, Friberg (A. Fernandes, 66), Morris (B. Evans, 108) - N. Valdes (Ivanshic, 73)

Ogohlantirishlar: Bredli - Marshall, Djons

Penaltilar seriyasi: Altidor - 1:0; B. Evans - 1:1; Bredli - 1:1 (vratar); Ivanshic - 1:2; Sheyru - 2:2; U. Djonson - 3:2; A. Fernandes - 3:2 (vratar); Djo. Djonson - 3:3; Mur - 4:3; Lodeyro - 4:4; Morrou - 4:4 (perekladina); R. Torres - 4:5



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: espn.co.uk