Sherali Babakulov: "Jizzax xalqini chempionlik bilan tabriklayman!"

Sherzod Nurmatov
18 noya 2021, 19:33
Ayollar Oliy ligasi 23-turidan o'rin olgan "So'g'diyona-W" – "Bunyodkor-W" (0:1) bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Sherali Babakulov o'z fikrlarini bildirdi.

"Mavsum biz uchun ham og'ir o'tdi. Ayniqsa, “Bunyodkor-W”ga qarshi o'yinlarga puxta tayyorgarlik ko'rganmiz. Bu jamoaga qarshi o'yin qanday kechishini oldindan topa bilish qiyin. Ular bilan 1 martta durang o'ynadik, 2 marta yutkazdik. Barchasi ruhiyatga bog'liq. Balki jamoani ruhan etarlicha tayyorlay olmayotgandirmiz, balki kuchli bosimga qarshi bora olmayotganimizdandir. Buni ustida ishlaymiz. Albatta, bunday o'yinlar katta dars bo'ladi, ular bizga kerak. 

Kubok uchrashuviga bor kuchimiz bilan yetib borish uchun bugun 4 nafar asosiy o'yinchilarimizni zaxirada qoldirdik. Ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirdik.

Asosiysi, jamoa o'z oldiga qo'yilgan vazifani bajardi - chempion bo'ldik. Bu bilan Jizzax xalqini, barcha muxlislarimizni tabriklayman!", – dedi mezbonlar ustozi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia