Seydu Keyta "Al Jayish"ga g'alaba keltirdi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2017, 22:11
Qatar Yulduzlar ligasida 22-turdan o'rin olgan bahslar bo'lib o'tdi.

Sardor Rashidov o'ynayotgan "Al Jayish" klubi o'z uyida "Al Ahli" bilan to'qnash keldi. Uchrashuvda mezbonlar yarim himoyachisi Seydu Keytaning ikkita goli "Al Jeyish"ga g'alaba keltirdi. Sardor Rashidov o'yinda to'liq o'ynadi.

"Al Jayish" 42 ochko bilan musobaqa jadvalining 4-pog'onasidan o'rin olgan.

Qatar Yulduzlar ligasi
"Al Jayish" - "Al Ahli" 2:0
Gollar:
Seydu Keyta 20, 74 penalti



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia