

Bu haqda ispan klubi sport direktori Oskar Arias ma'lum qildi.
"Aslida buning bir sababi bor. Biz uning katta maoshini to'lashimiz mumkin, ammo faqat transfer uchun pul ishlatmasak. Yoki aksincha - Yovetichni xarid qilamiz va maoshni kamaytirish kerak bo'ladi. Bizning biznes-modelda pullarni to'g'ri ishlatish lozim. Bizda "Manchester Siti", "Barselona", "Chelsi" yoki "Real"dagidek byudjet yo'q. Haqiqat shunday, biz Yovetichni xarid qila olmaymiz" - deydi Arias.
"Sevilya"da Yovetichni 14 mln. evro evaziga xarid qilish imkoniyati bor edi.



