"Sevilya" yangi bosh murabbiy borasida bir qarorga keldi

Sherzod Nurmatov
24 may 2024, 15:00
Fransisko Garsiya Pimenta andalusiyaliklar bilan ishlaydi.

Andalusiyaning "Sevilya" klubi yangi bosh murabbiy borasida bir qarorga keldi, deb xabar berdi "Relevo".

Xabarlarga ko'ra, klubni tark etayotgan Kike Sanches Flores o'rniga "Las-Palmas" bosh murabbiyi Fransisko Garsiya Pimenta tayinlanadi.

49 yoshli Garsiya Pimenta joriy mavsum "Las-Palmas"ning keyingi mavsum uchun La Ligadagi o'rnini saqlab qoldi. Ilgari u "Barselona" yoshlar jamoalari bilan ishlagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Relevo