"Sevilya" Munirni 9 mln evroga sotishga tayyor

Alisher
9 iyul 2021
"Sevilya" hujumchisi Munir El-Xaddadi ushbu transfer oynasida jamoadan kyetishi mumkin.

Andalusiyaliklar o'yinchini to'qqiz million evro evaziga sotishga tayyorlar.

"Sevilya" ustozi Xulen Lopetegi kelasi mavsum marokashlikka ishonch bildirmayapti, shu sabab klub rahbariyati o'yinchi bilan xayrlashmoqchi. Ammo, rahbarlar uni La Ligada o'ynamaydigan jamoaga qo'yib yuborishmoqchi.

"Barselona" tarbiyalanuvchisi uchun bosh davogarlar "Xetafe" va "Alaves"dir. Shuningdek futbolchiga turk va ingliz klublaridan ham qiziqish mavjud.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo