"Sevilya" "Leyptsig" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
9 iyun 2022, 13:20
"Sevilya" "Leyptsig" yarim himoyachisi Tayler Adamsni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ispan klubi yangi tayanch yarim himoyachisi izlamoqda va 20 mln evro evaziga 23 yoshli amerikalik bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Adams 2021/22 yilgi mavsum "Leyptsig" tarkibida 36ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

Transfermarkt futbolchini 17 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: AS