"Seltik" qatorasiga 4-bor treblga erishdi

20 dek 2020, 22:52
"Seltik" Shotlandiya kubogi finalida "Xarts" klubini mag'lub qildi.

Asosiy va qo'shimcha bo'limlarda 3:3 hisobi qayd etilgach, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi – 4:3. "Keltlar" darvozaboni Konor Xazard 2 zarbani bartaraf qildi.

Shu tariqa Nil Lennon jamoasi joriy mavsumda Shotlandiya chempionati, mamlakat kubogi va liga kubogini qo'lga kiritib, trebl qayd etdi.

Ma'lumot uchun, "Seltik" qatorasiga 4-yil shunday natijaga erishdi.


Manba: celticfc.com