Saudiya Arabistoni shahzodasi "Barselona"ni sotib olishi mumkin

Alisher Ostonov
14 dek 2025
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon "Barselona"ni 10 milliard evroga sotib olish bo'yicha taklif bilan chiqmoqchi, deb yozadi jurnalist Fransua Galyardo ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Manbaga ko'ra, kelishuvga "Barselona" “sosos”ining poziciyasi to'sqinlik qilishi mumkin. Klub jamoaviy mulk hisoblanadi. Muxlislar klubning sotilishiga qarshi bo'lishi mumkin.

Bitimni Saudiya Arabistoni davlat investiciya fondi moliyalashtirishi mumkin. Ayni paytda "ko'k anorlar"ning 2,5 milliard evro miqdorida qarzi bor.

"Barselona" 43 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: El Chiringuito