Sane "Bavariya"da mashg'ulot o'tkazdi

"Bavariya" tarkibiga yaqinda kelib qo'shilgan Leroy Sane Myunxen klubi safida ilk mashg'ulotini o'tkazdi. Bu haqida jamoa matbuot xizmati xabar qildi.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" germaniyalik futbolchining transferini 3 iyul kuni e'lon qilgandi. 24 yoshli vinger myunxenliklar 5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Transfermarkt portali xabariga ko'ra, nemis klubi Leroy uchun "Manchester Siti"ga 49 mln evro to'lagan.


Manba: twitter.com/FCBayern