

Braziliyalik futbolchi faoliyatini San-Pauluda davom ettiradi. Yarim himoyachi jamoaga erkin agent sifatida o'tmoqda.
Eslatib o'tamiz, Oskar 2017 yilning qishida Chelsidan Shanxay Port jamoasiga 60 million evroga o'tgandi. U o'tgan mavsumda Xitoy jamoasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 15 ta gol va 27 ta golli uzatma bor.



