Rustam Lutfullin xalqaro o'yinda ishlaydi

Sherzod Nurmatov
5 okt 2022
U-17 Osiyo Kubogi saralash bosqichi doirasidagi "E" guruhi vakillarining Yaman – Butan o'yini o'zbekistonlik hakam Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar guruhiga ishonib topshirildi.

Unga birinchi yordamchi hakam sifatida hamyurtimiz Andrey Sapenko yordam beradi. Ular bilan birgalikda bahsda qirg'izistonlik Eldiyar Salibaev (yordamchi hakam) hamda tojikistonlik Sayyodjon Zayniddinov (to'rtinchi hakam) faoliyat olib boradi..

Ushbu uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 15:00 ga belgilangan.

Eslatib o'tamiz, "E" guruhi o'yinlari Daka (Bangladesh) shahrida bo'lib o'tmoqda.

⚡️ U-17 Osiyo kubogi saralashi. Bugun O'zbekiston termasi dastlabki tur uchrashuvini o'tkazadi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази