Rustam Ashurmatov "Istiqlol"da tibbiy ko'rikdan o'tdi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2025
Rustam Ashurmatov tez orada Eronning "Istiqlol" klubi futbolchisi sifatida rasman e'lon qilinadi.

Ashurmatov eronliklar safida tibbiy ko'rikdan o'tdi. Bu haqda klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari ma'lum qildi.

Jamoaning yangi bosh murabbiyi Rikardo Sapinto ham yordamchilari bilan tibbiy ko'rikdan o'tishdi va jamoa bilan tanishuvni boshlashdi.

Avvalroq Eron klubi Ashurmatovni sotib olgani va u uchun qozonliklarga 450 ming evro to'lashi haqida xabar bergan edik. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/EsteghlalfcTelegram