Runining "Derbi Kaunti"si Chempionshipdan tushib ketdi

Mirjalol Normatov
19 apr 2022, 01:02
Ueyn Runi bosh murabbiyligidagi "Derbi Kaunti" Angliyaning uchinchi divizioniga tushib ketdi.

Bugun "Derbi Kaunti" Chempionshipning 43-turida KPRga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Ushbu mag'lubiyatdan keyin Runi boshqaruvidagi jamoa tartib bo'yicha Angliyaning ikkinchi divizionida qolish imkoniyatlarini yo'qotdi.

Chempionat tugashiga 3 tur qolganida 23-o'rindagi "Derbi Kaunti" 21-o'rindagi "Reding"dan 10 ochko ortda qolmoqda. Shu orqali Derbishir grafligi jaomasi 1986 yildan keyin ilk marta Angliya uchinchi divizionida o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi uchun jamoa mavsumni -21 ochko bilan boshlagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia