Runi tarixdagi eng yomon Jahon chempionatini aytdi

Sherzod Nurmatov
20 mar 2026
Ueyn Runi ajoyib faoliyat o'tkazgan va Angliya terma jamoasi safida bir necha Jahon chempionatlarida ishtirok etgan.

Biroq u eng yomon deb hisoblaydigan bir turnir ham mavjud.

"The Overlap" podkastida Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi 2010 yil Janubiy Afrikada bo'lib o'tgan musobaqadan yomoni bo'lmaganini ta'kidladi.

"Janubiy Afrikada o'tgan 2010 yilgi JCHdan yomonrog'i hech qachon bo'lmagan. Bu turnir haqiqiy Jahon chempionati kabi his bermagan", – dedi Runi.

O'sha mundialda Angliya 1/8 finalda Germaniyaga mag'lub bo'lib musobaqani tark etgan. Uchrashuv 4:1 hisobida Germaniya foydasiga yakunlangan.

2026 yilgi Jahon chempionatida Angliya Xorvatiya, Gana va Panama bilan bir guruhdan joy olgan. Ularning musobaqadagi ilk o'yini 17 iyun kuni bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Overlap