RPL. "Zenit" muddatidan oldin Rossiya chempionligini qo'lga kiritdi

Eldor Akmurzayev
4 may 2019, 23:24
Rossiya chempionatining 27-turida Moskvaning Lokomotiv klubi safarda Arsenalga (Tula) mag'lub bo'lgani sabab, Zenit muddatidan oldin musobaqa g'olibiga aylandi.

Agar chempionat yakunida ochkolar tenglashgan taqdirda ham o'zaro o'yinlardagi natijalardagi ustunlik Sergey Semak shogirdlari tarafida (5:3 va 1:1) bo'ladi. Qayd etish joizki, Zenit mazkur titulni beshinchi bor qo'lga kiritdi.  Jamoa YCHLning kelasi mavsumida to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida qatnashadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia