"Rostov" himoyachisi "Gamburg"ga yo'l olmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
7 iyul 2023
Himoyachi Dennis Xadjikadunich 2023/24-yilgi mavsumni "Gamburg" klubida o'tkazadigan bo'ldi.

2022 yil mart oyida futbolchi "Rostov" bilan shartnomasini to'xtatib turishga qaror qildi va "Malme" safiga borib qo'shildi. 2023 yil yanvarida bosniyalik "Malorka" futbolchisiga aylangandi.

Futbolchining Rossiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Гамбург твиттери