“Rostov” “Chelsi” forvardiga qiziqmoqda

Eldor Akmurzayev
15 apr 2021
“Serkl Bryugge”da ijara asosida o'ynayotgan “Chelsi” hujumchisi Ike Ugbo “Rostov” e'tiboriga tushdi.

Goal manbasiga ko'ra, 22 yoshli futbolchining narxi 5 mln funt (taxminan 5,8 mln evro)ga baholanmoqda. “Aristokratlar” yozda Ugboni “Rostov” 3 mln funtga sotishni xohlamagandi.

Shuningdek, ingliz futbolchisiga “Monako”, “Fulxem”, “Genk” va “Sampdoriya” ham qiziqmoqda. Uning “aristokratlar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilda o'z nihoyasiga etadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal