
Uchrashuv Parijdagi "Park de Prens" o'yingohida bo'lib o'tdi. O'yin startida Braziliya terma jamoasi irqchilikka qarshi turdilar va "Qora o'yinchilarimiz bo'lmaganida, libosimizdagi yulduzchalar bo'lmas edi" banneri bilan chiqdilar.

Tunis darvozasiga kiritilgan ikkinchi to'p muallifi Risharlison golni nishollayotgan chog'ida u tomon banan uloqtirildi. Futbolchi bu harakatni butunlay e'tiborsiz qoldirdi. "Manchester Yunayted" a'zosi Fred esa mevani maydon chetiga tepib yubordi va olomonga tikilib qoldi.
Parijdagi hodisadan so'ng Braziliya Futbol Konfederatsiyasi rasmiy munosabat bildirdi: "BFK irqchilikka qarshi kurash bo'yicha o'z poziciyasini mustahkamlaydi va uning har qanday ko'rinishini rad etadi".