Remzi "Liverpul"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
19 iyun 2022
"Liverpul" matbuot xizmati himoyachi Kelvin Remzining transferini ma'lum qildi.

Shotlandiya yoshlar termasi futbolchisi "Liverpul" bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi. Unga 22-raqamli libos topshirildi.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, "Aberdin" transfyerdan 4 million evro ishlab oladi. Shuningdek, 2,5 million evro bonuslar tarzida vada qilingan.

Remzining transferi mamlakat futboli uchun eng yirik transfer bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lfc.com