

Karanka portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo Realga murabbiylik qilgan vaqtida uning yordamchisi bo'lib ishlagan.
“Azar – natijani o'zi yarata oladigan futbolchi. Biroq, uni Krishtianu bilan solishtirayotganda ozgina ehtiyot bo'lish talab etiladi. Ronaldu yagona. Azarga esa ortiqcha bosim o'tkazish to'g'ri qaror emas. Azar natijaga ta’sir o'tkaza olishini Chelsida ko'rsatgandi. Ispaniyada bu qobiliyati unga samara berishi mumkin. Biroq, u Ronalduga o'xshamaydi”, – deydi Karanka.
Eslatib o'tamiz, 45 yoshli ispaniyalik mutaxassis Realdagi faoliyatidan so'ng, Angliyaning Midlsbro hamda Nottingem Forest jamoalarida bosh murabbiy sifatida ishladi.



