"Real Sosedad" Zaxaryanning tovon pulini 75 mln evro qilib belgiladi

Omonjon To`xtamirzayev
21 avg 2023, 18:21
Xabaringiz bor, Ispaniyaning "Real Sosedad" klubi xavbek Arsen Zaxaryanni o'z safiga qo'shib oldi.

Futbolchi bilan kelishuvda klub tovon pulini 75 mln evro qilib belgiladi.

Shunday qilib, Zaxaryanning narxi "Dinamo" bilan shartnomadagi bilan solishtirsak, bir necha marta oshdi.

Eslatib o'tamiz, Zaxaryan "Sosedad" bilan bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca