"Real" safida Lamborjini egalari 3 nafarga ko'paydi

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2016
"Real" klubi futbolchilarining yana 3 nafari Lamborjinida jamoa mashg'ulotiga tashrif buyurdi.

Ispaniyada har yili 7 yanvarda Qirol kuni nishonlanadi va bu bayramda qimmatbaho sovg'alar taqdim etiladi.

"Real" futbolchilari uchun bu bayram juda yaxshi o'tgan ko'rinadi.

Qirol kunidan so'ng OAV vakillari "qaymoqranglilar" mashg'ulotida 3 ta yangi Lamborjini payqashdi.

Qoraytirilgan oynada futbolchilarni tanish qiyin bo'ldi, ammo bu o'yinchilar kim ekanligini ko'pchilik turlicha tahmin qilmoqda.







Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 101greatgoals.com