

Vinisius Junior 15-daqiqada hisobni ochdi. Jorje De Frutos 49-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Pate Siss 80-daqiqada Dani Sebalosga nisbatan ishlatgan o'ta qo'pol harakati uchun maydondan chetlatildi. O'yining 90+10 daqiqasida Kilian Mbappe belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi va "qirollik klubi"ga qiyin o'yinda g'alaba taqdim etdi. Shuningdek, 90+13 daqiqada Pep Chavarria ham qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
"Real" 22-turdan so'ng 54 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda, yetakchi "Barselona" bilan oradagi farq 1 ochkoni tashkil etmoqda.




