"Real Madrid" APL grandlari bilan kurashmoqchi

Khoja
8 mar 2026
Ispaniyaning "Real Madrid" klubi "Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonaliga qiziqish bildirmoqda.

Yozgi transfer oynasi yaqinlashib kelayotgan bir paytda, Tonalining "Nyukasl"dan kyetishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar kuchayib bormoqda. Avvalroq, Sandroga "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Arsenal" kabi jamoalar qiziqayotgani xabar berilgandi. The Sun nashrining xabar berishicha,  "Real Madrid" 25 yoshli italiyalik futbolchi uchun Premer-liga gigantlari bilan raqobatlashishi mumkin.

 "Real Madrid" skautlari kecha kechqurun "Nyukasl" va "Siti" o'rtasidagi Angliya Kubogi beshinchi bosqich o'yinida "Sent-Jeyms Park"da tomosha qilishgan. Ingliz jamoasi yarim himoyachining transferi uchun 100 million evro talab qilmoqchi.


KhojaMuallif
Manba: The Sun