"Real" bazasining 85 gektar erida yangi shahar quriladi

Aslanov Jasurbek
14 may 2025, 19:54
"Real Madrid" klub bazasidagi 85 gektar erni innovacion rayon yaratish uchun taqdim etadi.

Valdebebasda Madrid innovacion tumani (MID) – "Real" bazasi hududida joylashadigan yangi shahar taqdimoti bo'lib o'tdi.  

Klastyerda kompaniyalar, tadqiqotchilar va tadbirkorlar birga ishlashi, bilim almashishi, g'oyalarni ilgari surishi va amalga oshirishi kutilmoqda.  

Tadbirda "Real" prezidenti Florentino Peres, Madrid avtonom jamoati prezidenti Isabel Dias Ayuso va Madrid meri Xose Luis Martines-Almeyda ishtirok etdi.  

Loyihaning maqsadi – innovaciyalar va tadqiqotlar bilan shug'ullanadigan dunyoning eng yirik kompaniyalarini MIDda shtab-kvartiralar yaratishga jalb qilish. Buni amalga oshirish uchun "Real" Valdebebasda 85 gektar er ajratadi.  

"Bu loyiha – Madrid uchun Janubiy Yevropaning texnologik poytaxtiga aylanish uchun nodir imkoniyat", – dedi "Real" prezidenti Florentino Peres.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com