"Real" a'zosi faoliyatini MLS'da davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
27 okt 2025, 14:23
"Real"ning tajribali himoyachisi David Alaba tez orada AQSHga ko'chib o'tish ehtimoli bor.

"Fichajes" nashrining xabar berishicha, avstriyalik himoyachiga MLS klublari - "Sharlott" va "Nyu-York Siti" qiziqish bildirmoqda va muzokaralarda dastlabki qadamlarni qo'ygan.

Alabaning madridliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi, shuning uchun u bu qishda yangi klubi bilan kelishib olishiga ruxsat etiladi.

Avstriyalik futbolchi ushbu mavsum "qaymoqranglilar" tarkibida atigi 4 ta o'yinda qatnashdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes