Raul "Kastilya"ni boshqaradi

Alisher
29 may 2019, 13:37
"Real"ning zaxira jamoasi hisoblangan "Kastilya" klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

41 yoshli "Real"ning sobiq forvardi "Kastilya"ni Segundaga qaytish-qaytmasligidan qatiy nazar klubda ish boshlaydi.

"Kastilya" joriy mavsumda Ispaniyada mavqeyi jiharidan 3-o'rinda turadigan Segunda B divizionida harakat qildi. Klub to'rtinchi o'rinni egalladi va Segundaga chiqishga imkon beruvchi pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Raul hozirgi vaqtda "Real"ning yoshlar jamoasini shug'ullantirmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mirror