Rasman: Vertongen – "Anderlext" himoyachisi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2022, 18:46
"Anderlext" o'zining rasmiy sayti orqali "Benfika" himoyachisi Yan Vertongen bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Klub 35 yoshli belgiyalik futbolchi bilan 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan. Himoyachi 14-raqam ostida o'ynaydi.

Ushbu transfer vaqtida futbolchiga "Bryugge" va "Kopengagen" klublari ham qiziqish bildirishgandi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 2 million evroga baholamoqda.

Vertongen o'tgan mavsum "Benfika" tarkibida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta golga assistentlik qilgan va 8 ta sariq kartochka olgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rsca.be