Rasman: Ueyn Runi - "Birmingem" bosh murabbiyi

Omonjon To`xtamirzayev
11 okt 2023
"Birmingem" matbuot xizmati Ueyn Runi jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qildi.

Klub mutaxassis bilan 2026/27-yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Eslatib o'tamiz, Runining oxirgi ish joyi "Vashington Di Si Yunayted" klubi edi.

Qayd etish lozim, "Birmingem" hozirda Chempionshipda 6-o'rinni egallab turibdi. 




Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: bcfc.com