Rasman: Sunnatulloh Hamidjonov "Andijon"ga qaytdi

Sherzod Nurmatov
18 iyul 2025, 12:49
Tarkibini kuchaytirish bo'yicha selekciyani davom ettirayotgan jamoa yana bir futbolchi bilan kelishuvga erishdi.

Endilikda iqtidorli himoyachi Sunnatulloh Hamidjonov ikkinchi davrada "Andijon" sharafini himoya qiladi.

Tomonlar o'zaro kelishuvga erishdi va Hamidjonov mavsum oxiriga qadar "Surxon" klubidan ijaraga olindi.

Ma'lumot uchun, Hamidjonov 2001 yilning 8 yanvar sanasida Toshkentda tavallud topgan. U 2021 yilgi mavsum "Andijon" tarkibida to'p tepgan. Shundan so'ng "Olimpik" va "Surxon" jamoalarida faoliyatini davom ettirdi. 

Bu yil birinchi davrada termizliklar safida 14 o'yinda maydonga tushgan va 2 ta golli pas uzatgan.

Avvalroq "Surxon" Hamidjonov "Andijon"ga yo'l olgani haqida xabar bergan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати