

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining 5 dekabr kuni o'tkaziladigan qur'a jarayoni mexanizmini rasman e'lon qildi. O'zbekiston milliy terma jamoasi qur'ada uchinchi savatdan joy oladi. Avvalroq, JCHga endi yo'llanma oladigan jamoalar qaysi savatdan o'rin olishi borasida savollar bor edi. FIFA esa saralashning oxirgi bosqichi orqali JCHga yo'llanma oladigan barcha jamoalarni to'rtinchi savatga joylashtirdi. Quyida savatchalarning joylashuvini ko'rish mumkin:
1-savatcha: Kanada, Meksika, AQSH, Ispaniya, Argentina, Fransiya, Angliya, Braziliya, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Germaniya
2-savatcha: Xorvatiya, Marokash, Kolumbiya, Urugvay, Shveytsariya, Yaponiya, Senegal, Eron, Koreya Respublikasi, Ekvador, Avstriya, Avstraliya
3-savatcha: Norvegiya, Panama, Misr, Jazoir, Shotlandiya, Paragvay, Tunis, Kot-d'Ivuar, O'zbekiston, Qatar, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika
4-savatcha: Iordaniya, Kabo-Verde, Gana, Kyurasao, Gaiti, Yangi Zelandiya, Yevropa pley-off A, B, C va D, FIFA pley-off musobaqasi 1 va 2



