Rasman: Munir – "Xetafe" futbolchisi

Sherzod Nurmatov
1 sen 2022
"Xetafe" matbuot xizmati "Sevilya" hujumchisi Munir El-Haddadi transferini e'lon qildi.

Marokashlik futbolchi yangi klubi bilan 2023 yil iyungacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi. Kelishuv shartlari esa oshkor qilinmayapti.  

Bugun 27 yoshni qarshi olgan hujumchi o'tgan mavsum "Sevilya" tarkibida 25 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: getafecf.com