Rasman: "Lester" Ayose Peresni xarid qildi

Alisher
4 iyul 2019
Angliyaning "Lester" klubi "Nyukasl" forvardi Ayose Peresning transferini e'lon qildi.

25 yoshli futbolchi klub bilan 4 yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Transfer narxi esa oshkor qilinmayapti.

Oldinroq, "tulkilar" ispaniyalik futbolchi uchun 30 million funt to'lashlari aytilgan edi.

Futbolchi "Nyukasl"dan oldin Ispaniyaning "Tenerife" klubida o'ynagan va shu klub tarbiyalanuvchisi sanaladi.

Qayd etish kerakki, Ayose yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 2ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/LCFC