Rasman: Husayn Norchaev - "Navbahor" futbolchisi

Iskandarov Abdulaziz
18 fev 2026
"Navbahor" selekciya ishlarini faol davom ettirmoqda.

Klub rasman o'tgan mavsumni "Nasaf"da o'tkazgan hujumchi Husayn Norchaevni o'z safiga qo'shib oldi. Bu haqida "Navbahor" matbuot xizmati o'zining rasmiy sahifasida e'lon qildi. Norchaev dekabr oyida Germaniyaning Myunxen shahrida oyog'idan operaciya qilingan edi. Ayni paytda esa Italiyada reabilitaciya jarayonini o'tkazmoqda. Hujumchi Apennin yarim orolidagi reabilitaciya yakunlanganidan keyin "lochinlar" ixtiyoriga kelib qo'shiladi.

Avvalroq saytimiz orqali forvardning namanganliklar tarkibiga yo'l olishi haqida ma'lum qilgan edik. 


Eshitdik-da! Husayn Norchaev "Navbahor"ga o'tmoqda


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати