Rasman: Dmitriy Pletnyov - "Bunyodkor" futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2026
"Dinamo" a'zosi Dmitriy Pletnyov jamoasini o'zgartirdi.

"Erta tongdan muxlislarimizga yana bir transfer xushxabarini etkazamiz.

O'zbek futboli ishqibozlariga yaxshi tanish, rossiyalik hujumkor yarim himoyachi Dmitriy Pletnyov yangi "qaldirg'"ga aylandi. Futbolchi 2026 yilgi mavsumni "Bunyodkor" libosida o'tkazadi", – deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, 27 yoshli yarim himoyachi o'tgan yilning yozida "Surxon"dan Samarqandga ko'chib o'tgandi. U yakunlangan mavsumda Superligada 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 tadan gol va assist qayd etgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати