Rasman: Di Franchesko iste'foga chiqarildi

Eldor Akmurzayev
7 okt 2019
Sampdoriya ustozi Eusebio Di Franchesko lavozimini tark etadigan bo'ldi.

Bu haqda  genuyaliklar matbuot xizmati xabar qilmoqda. La Gazzetta dello Sport muxbirining xabariga ko'ra, klub murabbiyga maoshining 1 yili uchun, yani, 1,8 mln. evroni tavon puli sifatida to'lab beradi. 

Sampdoriya rahbari Massimo Ferrero hozirda Stefano Pioli bilan muzokara o'tkazmoqda. Shuningdek, Klaudio Raneri va Juzeppe Yakini Di Francheskoning o'rnini egallashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Genuya shahri klubi A Seriyaning 7 turidan keyin 3 ochko bilan so'nggi pog'onada turibdi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sampdoria.it