Rasman: Dani Olmo - "RB Leyptsig" futbolchisi

Alisher
25 yanv 2020
Ispaniyalik futbolchi Dani Olmo Germaniyaning "RB Leyptsig" klubi bilan shartnoma imzoladi.

21 yoshli xavbek nemis klubi bilan 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Futbolchi 2015 yildan beri Zagrebning "Dinamo" jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

Eslatib o'tamiz, Olmo "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2019 yildan buyon Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda. 


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DieRotenBullen