Rasman: "Cheju" Islom Kenjaboev transferini e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
15 fev 2021, 12:02
Qarshining "Nasaf" klubi vingeri Islom Kenjaboev Janubiy Koreyaning "Cheju Yunayted" klubiga o'tgani haqida o'tgan yilning 24 dekabr sanasida xabar bergan edik.

Breaking news. Islom Kenjaboev Janubiy Koreya klubiga ko'chib o'tdi

Bugun koreys klubi Kenjaboev transferini rasman e'lon qildi. Yarim himoyachi klub formasi bilan fotosessiyada ishtirok etdi.


Ma'lumot uchun, "Cheju Yunayted" 2020 yil K2 Ligada ishtirok etdi va birinchi o'rinni egallab K1 Ligaga yo'llanma oldi. 2021 yilda "Cheju" Koreya oliy ligasida o'ynaydi.

"Cheju Yunayted" 1982 yilda tashkil topgan va o'z uy o'yinlarini 35657 tomoshabinga mo'ljallangan "Jeju World Cup" stadionida o'tkazadi.


Kenjaboevning transferidan "Nasaf" qancha mablag' ishlab olishi mumkin?


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: jeju-utd.com