Rasman: "Andijon" yarim himoyachisi jamoada qoldi

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2026
Sardor Azimov yangi mavsumda ham andijonliklar sharafini himoya qiladi.

"Andijon" klubi yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish doirasida tajribali futbolchilaridan biri Sardor Azimov bilan hamkorlikni davom ettiradi. Bu borada ikki tomon kelishdi va shartnoma imzolandi.

Azimov ham asli andijonlik bo'lib, 2023 yildan beri jamoamiz sharafini himoya qilib kelmoqda. U bungacha 2019 yilda ham “Andijon” uchun to'p tepgan", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Yarim himoyachi o'tgan yili barcha musobaqalarda 35 ta o'yinda qatnashdi va 1 ta gol muallifi bo'ldi.

Umumiy hisobda esa faoliyati davomida "Andijon" libosida 85 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 5 ta assistni bajargan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати