Rash: "Firmino - noyob hujumchi"

Tolibjon Qosimov
29 mar 2018, 21:39
Afsonaviy hujumchi Ian Rash "Liverpul" futbolchisi Roberto Firminoning o'yinlariga yuqori baho berdi.

"Butun dunyo Muhammad Salahning a'lo darajadagi futbolchi ekanligini biladi, biroq "Liverpul" ishonishi mumkin bo'lgan boshqa futbolchisiga e'tibor qaratish kerak - Roberto Firmino.
Roberto menga o'zimni eslatadi. U jamoa uchun juda og'ir ishlarni bajaradi va katta mahoratga ham ega - maydonda deyarli barcha vazifalarni uddalaydi.

Balkim u mavsumda muntazam ravishda 30tadan gol urmas, biroq u raqiblari xatolaridan unumli foydalana oladi. Firmino - noyob hujumchi, u braziliyalik.

Istalgan murabbiy uni o'z jamoasida ko'rishni istaydi. Robertoning "Liverpul" tarkibida o'ynayotgani bizni quvontiradi", - dedi Rash.

Bu mavsumda Firmino "Liverpul" tarkibida barcha turnirlarda 23ta gol kiritdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports