

"Sport24.gr" ma'lumotiga ko'ra, 65 yoshli murabbiy va uning yordamchilari Gretsiyaga uchib borgan. Shanba kuni uning tayinlangani e'lon qilinishi kutilmoqda.
"De Telegraaf"ning tasdiqlashicha, ispaniyalik murabbiy Gretsiyada liga uchun rekord bo'lgan summa - yiliga 4 million evro maosh oladi.
Benitesning so'nggi ish joyi "Selta" (2023/24 yilgi mavsum) bo'lgandi. Bunga qadar u "Everton", "Nyukasl", "Real", "Napoli", "Inter" va "Valensiya" kabi jamoalarni ham boshqargan.



